Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

OKMK "Lokomotiv"ga qarshi ikkita nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi va ikkalasida ham mag‘lub bo‘ldi

OKMK "Lokomotiv"ga qarshi ikkita nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi va ikkalasida ham mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun OKMK navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Toshkentning «Lokomotiv» klubiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Mazkur bahslar davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini baholash, turli taktik yechimlarni amalda sinovdan o‘tkazish hamda tarkibdagi kombinasiyalarni ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldi.

Birinchi uchrashuvda olmaliqliklar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Jamoa safidagi yagona golga 22-daqiqada Ali Abdurahmonov mualliflik qildi.

Ikkinchi bahsda ham murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Yakunda «Lokomotiv» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Nazorat uchrashuvlari natijasidan qat’i nazar, mazkur bahslar murabbiylar shtabiga jamoaning ayni paytdagi holatini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va mavsumoldi tayyorgarlikning keyingi bosqichlari uchun zarur xulosalar chiqarish imkonini berdi" - deyiladi olmaliqlarning rasmiy bayonotida.

Nazorat o‘yini. 1-o‘yin

OKMK — «Lokomotiv» 1:2

Gollar: Ali Abdurahmonov (22) — Ilya Yelichich (9), Jafar Bahodirov (25)

 

Nazorat o‘yini. 2-o‘yin

OKMK — «Lokomotiv» 0:2

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (16), (38)

Kiritildi: 21:26, 11.07.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик