Jurnalist Janluka Longarining xabar berishicha, «Al-Hilol» hujumchisi Malkom jamoa bilan xayrlashmoqchi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchiga «Fenerbaxche» qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. U «Al-Hilol» safida 2023 yilning iyul oyidan buyon to‘p surib kelmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Malkom 40 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi Saudiya klubiga 2019 yildan buyon o‘ynab kelgan «Zenit»dan o‘tgan edi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.













