Ispaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi 2026 yilgi Yevropa chempionati finalida Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ispanlar safida Ugo Lopes va Mario Rivas gol mualliflariga aylanishdi.
Ispaniya o‘smirlar Yevro-2026 dagi beshta uchrashuvda birorta ham gol o‘tkazib yubormadi: guruh bosqichida Uels (7:0), Daniya (3:0) va Germaniya (4:0) terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonilgan bo‘lsa, yarim finalda Xorvatiya (3:0) taslim etildi.
Ispaniya terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida 13-marta zafar quchdi — bu turnir tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.













