Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finaliga chiqqanidan so‘ng xabar qoldirdi. "Albiseleste" chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Biz yana azob chekdik. Lekin jamoamiz har doim ishonadi... Biz dunyoning eng yaxshi to‘rtta jamoasi qatoridamiz. Olg‘a" - deb yozdi 39 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Messi o‘yinda golli uzatma berdi.
Argentina Jahon chempionati finaliga chiqish uchun Angliya bilan to‘qnash keladi. O‘yin 15 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.













