Yarim himoyachi Joao Gomes yozgi transferlar oynasida «Vulverxempton»ni tark etishi mumkin.
Globo xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga top-klublar tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Da’vogar jamoalardan biri — «Liverpul». «Qizillar» yoz davomida Gomesning transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.
Joao Gomes 2023 yilda «Flamengo»dan «Vulverxempton»ga 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Vulverxempton» Angliya Premyer-ligasida 20-o‘rinni egalladi. Navbatdagi mavsumni «bo‘rilar» Chempionshipda o‘tkazadi.













