Yarim himoyachi Kyortis Jons yozgi transferlar oynasida «Liverpul»ni tark etishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Inter» ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytmayapti. Milan klubi dastlabki ikki taklif rad etilganidan so‘ng, futbolchi transferi bo‘yicha uchinchi bor murojaat qilmoqchi. «Inter» o‘z taklifini 25 million funt sterlinggacha oshiradi. Shu bilan birga, «Liverpul» o‘z tarbiyalanuvchisining sotuvidan kamida 30 million funt sterling ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Kyortis Jons — «Liverpul» tarbiyalanuvchisi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizillar» safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Jonsning narxini 35 million yevroga baholamoqda.













