«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Judni hozirgi vaqtda jahon futbolidagi o‘z ampluasidagi eng kuchli o‘yinchi deb hisoblaydi. Kin Bellingemni Rodri, Pedri va Brunu Fernandesh kabi raqobatchilaridan ustun qo‘ydi.
«Biz hozirgi forma, voqealar ko‘lami va katta o‘yinlar taqdirini hal qilish qobiliyati haqida gapiryapmiz. Uning ishchanligi ham alohida mavzu. Hatto gol urmagan o‘yinlarida ham uning bajargan ishi — raqiblarni pressing qilishi, orqaga qarab yugurishi — kishini hayratda qoldiradi. Ko‘pgina hujumkor o‘yinchilar faqat sug‘urta uchun himoyaga qaytishadi, lekin u to‘pni o‘z jamoasiga qaytarishni chin dildan istagani uchun orqaga yuguradi», — dedi Roy Kin The Overlap YouTube-kanalidagi podkastda.













