«Bornmut»ning 20 yoshli hujumchisi Eli Junior Krupi faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, «PSJ» e’tiborini «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga qaratganidan so‘ng, «Tottenxem»ning Krupini sotib olish imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi. Futbolchining o‘zi ham klub almashtirishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, yaqin vaqt ichida «shporlar» 20 yoshli fransiyalik futbolchi uchun «Bornmut»ga taxminan 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumda Krupi barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol muallifiga aylandi.













