Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Xames Rodriges Yevropaga qaytishi mumkin

Xames Rodriges Yevropaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Bavariya» va «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges Italiyaning «Lasio» klubi o‘yinchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Lasio» hujum chizig‘ini rang-baranglashtirishni maqsad qilgan va «Minnesota Yunayted»dan ketganidan so‘ng erkin agentga aylangan 35 yoshli kolumbiyalik futbolchini taklif etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, rimliklar Xamesning jahon chempionatidagi o‘yinidan hayratda qolishgan.

Mundialda Rodriges Kolumbiya terma jamoasi safida beshta o‘yinning barchasida ishtirok etdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Yarim himoyachi joriy yilning fevral oyidan iyun oyigacha «Minnesota Yunayted» safida to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida u atigi sakkizta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:53, 13.07.2026.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик