Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCH-2026 chorak finali doirasida Norvegiyaga qarshi kechgan bahsdan so‘ng jahon chempionatlari tarixiga kirdi.
Opta statistik portalining ma’lum qilishicha, 23 yoshu 12 kunlik Bellingem jahon chempionatlarining pley-off bosqichida ketma-ket ikkita o‘yinda ikki yoki undan ortiq gol urgan tarixdagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.
«Angliyalik futbolchi dastlab Meksika bilan o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, chorak finalda Norvegiyaga qarshi bahsda ham bu natijani takrorladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan oldinda faqat afsonaviy braziliyalik Pele bor. Pele 1958 yilgi jahon chempionatida 17 yoshu 249 kunligida ushbu rekordni o‘rnatgan edi», — deyiladi xabarda.
Bellingemning ikkita goli Angliyaga Norvegiya ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alaba qozonishga va JCH-2026 yarim finaliga yo‘l olishga yordam berdi. Endilikda inglizlar yarim finalda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.













