18 yoshli vinger Adam Ayari «PSJ» bilan o‘zining ilk professional shartnomasini imzoladi. Bu haqda parijliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
O‘tgan mavsumda Adam «PSJ» U19 jamoasi safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumkor yarim himoyachi ushbu bahslarda yettita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.













