«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega qarshi bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Kilian Mbappe meni cho‘chitmaydi. Ammo hamma uning mahoratini biladi. Hatto maydonda ko‘rinmay qolgan taqdirda ham, u bitta harakat bilan o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin. U, xuddi Lamin Yamal kabi, betakror o‘yinchi. Barcha 90 daqiqa davomida diqqatni jamlash kerak», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Ispaniya va Fransiya terma jamoalari jahon chempionati-2026 yarim finalida to‘qnash kelishadi. Uchrashuv seshanba, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













