Fransiya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi sobiq futbolchisi David Trezege yulduz hujumchi Kilian Mbappega «Oltin to‘p» yo‘qligi bosim o‘tkazayotgani yoki yo‘qligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bunday deb o‘ylamayman. U o‘z saviyasini ko‘rsatishda davom etmoqda va muntazam ravishda gol urmoqda. «Oltin to‘p» ko‘p jihatdan jamoaviy sovrinlarga bog‘liq. Yakunda u bu sovrinni albatta yutadi. Men bunga ishonaman», — dedi sobiq hujumchi Fonbet YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Mbappe Lionel Messi bilan birgalikda jahon chempionati to‘purarlar poygasini boshqarmoqda. Ikkala o‘yinchi ham sakkiztadan gol urgan.
Mundial yarim finalida Fransiya Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv seshanba, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













