Taniqli Transfermarkt portali o‘z terma jamoalari bilan 2026 yilgi jahon chempionati yarim finaliga qadar yetib kelgan eng qimmatbaho o‘yinchilar reytingini tuzdi.
Ro‘yxatni bugun 19 yoshini nishonlayotgan ispaniyalik Lamin Yamal («Barselona») boshqarmoqda — uning qiymati 200 million yevroga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinni Madridning «Real» klubi a’zosi, fransiyalik Kilian Mbappe egallab turibdi — 180 million yevro. Uchinchi o‘rinni esa ispaniyalik Pedri («Barselona») va fransiyalik Maykl Olise («Bavariya») o‘zaro bo‘lishib turishibdi — har biri 150 million yevrodan. Angliya terma jamoasi vakili Jud Bellingem («Real» Madrid) esa 130 million yevro bilan beshlikni yakunlab berdi.
E’tiborlisi shundaki, o‘nlikdagi yagona argentinalik vakil 100 million yevroga baholangan Xulian Alvares bo‘ldi. «Atletiko» hujumchisi top-10 ro‘yxatini yakunlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Ispaniya va Fransiya birinchi yarim finalda maydonga tushadi, bir kun o‘tib esa Argentina va Angliya o‘rtasidagi bahsda finalga ikkinchi yo‘llanma egasi aniqlanadi.













