Argentinalik hujumchi Xulian Alvares Madridning «Atletiko» klubini Londonning «Arsenal»iga almashtirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «matraschilar» rahbariyati Alvaresning atrofidagilarga yozgi transferlar oynasida futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklarini bildirishgan, biroq bu yerda bir muhim jihat bor. «Atletiko» o‘z raqiblarini kuchaytirmaslik uchun uni «Barselona» yoki «Real»ga sotmaydi. Qayd etilishicha, Alvaresning faoliyatini davom ettirishi uchun mumkin bo‘lgan variant sifatida «Arsenal» ko‘rilmoqda.
Alvaresning o‘ziga Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tish varianti qiziq, ammo ayni damda hujumchi uchun ustuvor maqsad «Barselona» bo‘lib qolmoqda.













