Jennaro Gattuzo «Lasio» prezidenti Klaudio Lotito haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Avvalroq Gattuzo Rim klubining bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Italiya terma jamoasining sobiq ustozini yangi lavozimida rimliklarning sport direktori Anjelo Fabiani rasman tanishtirdi.
«Rostini aytsam, bundan ham yaxshiroq. Lotito endi xohlagan narsasini gapirishi mumkin, har narsaning o‘z vaqti bor. Agar bu yerda prezident bo‘lganida, barcha e’tibor unga qaratilgan bo‘lardi. Bu, shuningdek, menga bo‘lgan hurmat masalasi ham edi. Lotito prezident bo‘lishi kerak. Va u qancha kam gapirsa, shuncha yaxshi.
Uning muammosi nimada? Unda mobil telefonlar juda ko‘p... Ammo men unga agar menga yoki o‘yinchilarga aytadigan gapi bo‘lsa, kelib bevosita aytishi mumkinligini aytdim...» – dedi Gattuzo o‘z taqdimoti chog‘ida.













