Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Rasman: Sen-Maksimen MLS klubiga o‘tdi

Rasman: Sen-Maksimen MLS klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

29 yoshli fransiyalik qanot hujumchisi Allan Sen-Maksimen Amerikaning «Sharlott» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda MLS vakili bo‘lgan jamoa matbuot xizmati rasmiy saytida ma’lum qildi.

Vinger Shimoliy Karolina klubi safiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi va uch yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Fransiyaning «Sent-Etyen» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi «Monako», «Nissa», «Nyukasl», «Fenerbaxche», «Gannover» va boshqa klublardagi o‘yinlari orqali tanilgan. 2026 yilning fevralidan buyon Sen-Maksimen «Lans» sharafini himoya qilib kelayotgandi. U mazkur jamoa tarkibida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 19:14, 13.07.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик