Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Ispaniyaning JCH–2026da hozirga qadar faqat bitta gol o‘tkazib yuborgani haqida o‘z fikrini bildirdi. Ispaniyaliklar musobaqadagi yagona golni chorak finalda Belgiyaga qarshi o‘yinda (2:1) qabul qilib olgan.
«Aniqki, Ispaniya to‘pni nazorat qilishni yaxshi ko‘radi. Ularning atigi bitta gol o‘tkazib yuborganiga sabab ham raqiblar uchun to‘pni ulardan tortib olish juda qiyin ekanidadir. Biz ham o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan jamoamiz va oldimizda ikki uslub to‘qnashuvi turibdi.
Avvalgi barcha o‘yinlar o‘tmishda qolgan, hech qanday qasos haqida gap yo‘q. Bu yarim final va o‘rtaga final yo‘llanmasi tikilgan. Men avvalgi ikki o‘yinni unutmaganman, ammo hozir faqat bitta final yo‘llanmasi haqida o‘ylayapmiz», — dedi Desham.
Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi JCH–2026 yarim final uchrashuvi 14 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Yana bir yarim finalda Argentina Angliyaga qarshi maydonga tushadi.













