«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso 2026/27 yilgi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu – maqsad, ammo unga erishish uchun ko‘p narsani to‘g‘ri bajarish kerak. Ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish, qanday o‘ynashni, o‘z oldimizga qanday maqsadlar qo‘yishni va qayerga bormaylik, o‘yinga qanday yondashishni bilish – mening ishim va men buni haqiqatdan ham intiqlik bilan kutyapman. Lekin biz aniq o‘sha yerda (yuqori cho‘qqida) bo‘lishni istaymiz.
O‘tgan mavsumdan keyin biz hammasini noldan boshlayapmiz... Murabbiylar shtabida va menejerlar orasida yangi yuzlar bor. Ular biz qilayotgan ishdan chindan ham manfaatdor. Siz energiyaning yaxshi ekanini ko‘rib turibsiz. Ishtiyoq sezilmoqda», – dedi murabbiy matbuot anjumanida.
44 yoshli Alonso «Chelsi»ni 2026 yilning may oyida boshqargan edi. 2025/26 yilgi mavsumda jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egalladi.













