Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Pikford Messi bilan bo‘lajak uchrashuv haqida: «Men uni bolaligimdan kuzatib kelaman»

Pikford Messi bilan bo‘lajak uchrashuv haqida: «Men uni bolaligimdan kuzatib kelaman»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Argentinaga qarshi o‘yindan ikki kun oldin jurnalistlar qarshisida gapirgan darvozabon g‘alaba qozonish uchun nafaqat raqib sardorini, balki butun jamoani to‘xtatish kerakligini ta’kidladi.

«Messini birinchi marta mag‘lub etish ajoyib bo‘lardi, ammo bu faqat unga emas, balki butun jamoaga bog‘liq. Argentina — kuchli terma jamoa», — deya Pikfordning so‘zlarini keltiradi Marca.

Darvozabon bo‘lajak uchrashuv uning uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

«Messining naqadar yaxshi ekanini barchamiz bilamiz. U o‘z karyerasi davomida ko‘plab gollar urdi va unga qarshi o‘ynash men uchun o‘ziga xos hodisa bo‘ladi, chunki men uni bolaligimdan kuzatib kelaman».

Shu bilan birga, Pikford faqat argentinalik yulduzga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi.

«Biz faqat Leo haqida o‘ylashimiz kerak emas. Argentinaning jamoa sifatidagi kuchini hisobga olish, boshqa jihatlariga e’tibor berish va foydalanishimiz mumkin bo‘lgan zaif nuqtalarni izlash kerak», — dedi darvozabon.

Pikford, shuningdek, penaltilar seriyasi ehtimoli va Messining joriy chempionatdagi amalga oshira olmagan ikkita zarbasi haqida ham fikr bildirdi.

«Agar penalti belgilansa, Messi bu chempionatdagi ikkita xato zarbasi uchun xavotirlanadi deb o‘ylamayman. Hech kim yuz foizlik samaradorlikka ega emas», — deya qo‘shimcha qildi darvozabon.

Angliya va Argentina o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim final uchrashuvi 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:33, 14.07.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик