Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Ularda faqat Messi bor»: Dini Angliya – Argentina o‘yinining hisobini taxmin qildi

«Ularda faqat Messi bor»: Dini Angliya – Argentina o‘yinining hisobini taxmin qildi

Baho:
+ | -1

Angliyalik sobiq futbolchi Troy Dini 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali doirasidagi Angliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. «Uch sherlar»ning amaldagi jahon chempionlariga qarshi bahsi 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

«Menimcha, biz Argentina terma jamoasini tor-mor etamiz. Angliya kamida 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi, bunga ishonchim komil. Argentinaliklarning himoyasida to‘liq tartibsizlik hukm surmoqda, ularning markaziy yarim himoyachilari hech narsani nazorat qila olmayapti. Ularda faqat Messi bor, xolos», — deya Dinining so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Bir kun avval yarim finalning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. Final o‘yini 19 iyulga belgilangan.

Kiritildi: 08:39, 14.07.2026.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик