«Marsel» vingeri Meyson Grinvud «Fenerbaxche»ga o‘tmoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, turk klubi angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha 40+2 million yevro evaziga kelishuvga erishdi. Ilgari 24 yoshli futbolchi tegishli bo‘lgan «Manchester Yunayted» ushbu kelishuv natijasida 10 million yevrodan ortiq mablag‘ oladi.
Grinvud «Fenerbaxche» bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi, unga ko‘ra futbolchining soliqlardan keyingi yillik maoshi 10 million yevroni tashkil qiladi.
O‘tgan mavsumda Grinvud Liga 1 doirasidagi 32 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













