Himoyachi Antoniu Silva «Benfika» bilan mehnat shartnomasini uzaytirmaydi. Bu haqdagi ma’lumot bilan insayder Nikolo Skira bo‘lishdi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Silva «Benfika»ning maoshni oshirgan holda shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish haqidagi taklifiga rad javobini bergan. Portugaliyalik futbolchi klubni tark etishni istayotgani aytilmoqda.
Avvalroq Silva Italiyaning «Milan» klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingan edi. Transfer summasi 25-30 million yevroni tashkil etishi mumkin.
O‘tgan mavsumda 22 yoshli Silva barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













