Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Jud Bellingemning bosh murabbiy Tomas Tuxel e’tirozlariga bergan javobini izohladi.
«Uch sherlar» ustozi JCH-2026 chorak finalida Norvegiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng jamoa ko‘rsatgan o‘yindan u qadar qoniqmaganini bildirgan edi. Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi esa murabbiy o‘yinchilar maydonda qanday qiyinchiliklarga duch kelganini tasavvur ham qila olmasligini ishora qilgandi.
«Shunday charchoqli o‘yindan chiqqaningdan so‘ng, final hushtagidan besh daqiqa o‘tib senga bunday savol berishsa, qanday javob bo‘lishi mumkin? Jud nima deyishi kerak edi? Biz aynan shunday noqulay sharoitlarda o‘yin o‘tkazdik. Bunday vaziyatlarni provokasiya qilish juda oson – bu ingliz mentalitetining bir qismi. Ammo haqiqatda hammasi mutlaqo boshqacha – bizda juda inoq jamoa bor. Bu faqat o‘yinchilarga emas, balki murabbiy va xodimlarga ham tegishli. Aynan shuning uchun biz bu qadar uzoqqa yetib keldik. Bunday vaziyatlarni yo‘q joydan ko‘pirtirib yuborishlari achinarli», — dedi Keyn jurnalistlar bilan suhbatda.
15 iyul kuni Angliya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi.













