Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Zair-Emeri Mbappedan Ispaniyaga qarshi yarim finalda nimalar kutayotganini aytib o‘tdi

Zair-Emeri Mbappedan Ispaniyaga qarshi yarim finalda nimalar kutayotganini aytib o‘tdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri JCH-2026 yarim finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan Kilian Mbappening ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv bugun (Toshkent vaqti bilan soat 23:59) bo‘lib o‘tadi.

«Mbappening salohiyatini hamma biladi. Kilian – favqulodda futbolchi. U bunday muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishni a’lo darajada biladi va g‘alaba uchun bor kuchini beradi. Eng muhimi – biz yagona jamoamiz. Umumiy sa’y-harakatlar bilan natijaga erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — dedi Zair-Emeri matbuot anjumanida.

Ushbu bahs g‘olibi finalda Argentina yoki Angliya bilan to‘qnash keladi. Sovrin uchun hal qiluvchi jang 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:11, 14.07.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик