«Aston Villa» yarim himoyachisi Yuri Tilemans yaqin vaqt ichida «Manchester Yunayted»ning yangi o‘yinchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va «qizil iblislar» bilan shartnoma imzolagan. Kelishuv 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchining transferi «Manchester Yunayted»ga 41 million yevroga tushadi – yarim himoyachining «Aston Villa» bilan shartnomasida aynan shunday tovon puli belgilangan edi.
Yuri Tilemans «villalar» safida barcha turnirlarda jami 134 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













