Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Badjo va Materassi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilarni aytishdi

Badjo va Materassi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilarni aytishdi

Baho:
+ | -

Italyan futboli afsonalari Roberto Badjo va Marko Materassi barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi haqidagi bahsda ishtirok etishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Badjo uch nafar futbolchini alohida qayd etdi – Pele, Lionel Messi va Diyego Maradona.

«Bunday reytinglarni tuzish juda qiyin, chunki bu futbolning mag‘zini anglatadi. Bu uchlik doimo boshqalardan ajralib turgan. Ammo bugungi kunda men Messini tanlayman, chunki u 20 yil davomida sifat va miqdor nuqtai nazaridan aqlbovar qilmas ishni amalga oshirmoqda. Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa, men aynan uni aytaman», — dedi Badjo.

2006 yilgi jahon chempioni Marko Materassi esa boshqacha fikrda bo‘lib, braziliyalik Ronaldoni eng buyuk futbolchi deb hisoblaydi.

«Men har doim bir gapni aytaman: men uchun eng zo‘ri — u. Ronaldoning deyarli tizzalarisiz va aqlbovar qilmas tezlikda qilgan ishlarini hech kim uddalay olmagan. Uning o‘yinini tomosha qilganda va o‘sha davrda futbol qanchalar qo‘pol bo‘lganini eslaganda, uning haqiqiy o‘zga sayyoralik bo‘lganini tushunasiz. Krishtianuga hurmat saqlagan holda aytamanki, bu — haqiqiy Ronaldo», — dedi Materassi.

15 iyul kuni Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:14, 14.07.2026.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик