Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

«Manchester Yunayted» darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

«Manchester Yunayted» darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» safiga darvozabon Karl Darlou kelib qo‘shildi. 35 yoshli posbon barcha zarur tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng klub bilan shartnoma imzoladi.

Kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

«Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaganimdan juda faxrlanaman. Men ajoyib darvozabonlar guruhiga qo‘shilmoqdaman va klub talab qiladigan yuqori standartlarni ushlab turish uchun ular bilan birga ishlashni intizorlik bilan kutyapman», — dedi Darlou.

Uels terma jamoasi darvozaboni professional faoliyati davomida 279 ta o‘yin o‘tkazgan, shu jumladan, 74 tasi Premyer-liga doirasida. O‘tgan mavsumda u «Lids»ning asosiy posboni bo‘lgan va 5 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 17:25, 14.07.2026.
O'qildi: 1845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик