«Benfika» va Norvegiya terma jamoasi vingeri Andreas Shelderup Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda A BOLA xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi xizmatiga «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari qiziqish bildirmoqda. Shelderupning o‘zi 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng faoliyatida yangi bosqichga o‘tishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, «Benfika» futbolchi bilan tuzilgan shartnoma muddati yana ikki yil qolgan bo‘lsa-da, uning transferi uchun kamida 40 million yevro talab qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













