Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Ornshteyn Manu Konening «Manchester Yunayted»ga o‘tish ehtimolini baholadi

Ornshteyn Manu Konening «Manchester Yunayted»ga o‘tish ehtimolini baholadi

Baho:
+ | -

Taniqli jurnalist David Ornshteyn «Manchester Yunayted»ning «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega bo‘lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Ko‘plab reportyorlar «Manchester Yunayted» Koneni sotib olish variantini ko‘rib chiqayotganini taxmin qilishmoqda. Shaxsan men uni «Manchester Yunayted» kabi jamoa uchun ajoyib xarid bo‘lishiga ishonaman. Ammo, uni o‘z safiga qo‘shib olishni istagan yagona klub «Yunayted» bo‘lishiga shubham bor», — dedi Ornshteyn The Athletic podkastida.

Manu Kone 2024 yilda Myonxengladbaxning «Borussiya»sidan «Roma»ga 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi rimliklar safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 19:33, 14.07.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик