Madridning «Atletiko» klubi va Ruminiya terma jamoasi zaxira darvozaboni Xorasiu Moldovan Istanbulning «Eyupspor» klubi o‘yinchisiga aylanadi. Transfer tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
O‘tgan mavsumda ruminiyalik posbon «Real Ovyedo» safida o‘ynagan edi. Asturiya klubi Segundaga (ikkinchi liga) tushib ketdi, darvozabon esa bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Undan avvalgi mavsumda ham Moldovan ijara asosida, ammo Italiyaning «Sassuolo» klubida to‘p surgan.
Futbolchi «Atletiko» tizimiga ikki yarim yil oldin, Buxarestning «Rapid» klubidan kelib qo‘shilgan edi. Biroq u «matraschilar» safida o‘z o‘rnini topib keta olmadi. Hozirda Moldovan 28 yoshda — darvozabon uchun omadsiz ijaralardan so‘ng faoliyatini qayta tiklash uchun juda ham maqbul yosh.













