Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina
16/07 20:00 Neftchi - Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor - Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona - Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv

O‘zbekistonda “Barselona” akademiyasi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda “Barselona” akademiyasi ochilishi mumkin

Baho:
+4 | -

O‘zbekistonda “Barselona” futbol klubining rasmiy xalqaro akademiyasi — “Barca Academy” loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Sport vaziri Adham Ikramov raisligida Kataloniya klubi vakillari bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, “Barselona” klubi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Sesar Martines, shuningdek, klubning Barca Innovation Hub (bilimlar, ilmiy tadqiqotlar va innovasiyalar platformasi) bosh direktori Albert Mundet ishtirok etgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda “Barca Academy” loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Mazkur loyiha mamlakatda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, yosh o‘yinchilarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash hamda zamonaviy o‘qitish metodikalarini joriy etishga qaratilgan.

Ishtirokchilar akademiyaning faoliyati, mashhur “La Masia” metodologiyasiga asoslangan ta’lim tizimi, murabbiylar malakasini oshirish, zamonaviy futbol falsafasini tatbiq etish hamda iqtidorli futbolchilarni saralab olish (seleksiya) jarayonlari yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.

Suhbat davomida Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy “Barca Academy” 2023-yilda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida o‘z faoliyatini boshlagani va ayni paytda Bishkekda ikkinchi akademiyani ochish ustida ishlar olib borilayotgani alohida qayd etilgan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda “Barca Academy” loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda batafsil o‘rganib chiqishga kelishib olgan. Shuningdek, bolalar futbolini rivojlantirish, mahalliy murabbiylar malakasini oshirish va futbol sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishning istiqboldagi yo‘nalishlari belgilab olingan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:29, 15.07.2026.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик