Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Rodri futbol tarixida noyob yutuqlarga ega 11-o‘yinchiga aylanishi mumkin

Rodri futbol tarixida noyob yutuqlarga ega 11-o‘yinchiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Jahon chempionati, Chempionlar ligasi va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan futbolchilarning elita ro‘yxatiga kirishga bir qadam qoldi.

Hozirgi kunda bu «klub»ga atigi o‘n nafar futbolchi kiradi: Bobbi Charlton, Frans Bekkenbauer, Gerd Myuller, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldinyo, Kaka, Lionel Messi va Usmon Dembele.

Rodri «Manchester Siti» safida 2022/23 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida zafar quchgan, 2024 yilda esa «Oltin to‘p» sohibiga aylangan edi. Endi ispaniyalik futbolchiga faqatgina Jahon chempionatidagi g‘alaba yetishmayapti.

Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi va o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 15:40, 15.07.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик