Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

«Manchester Yunayted» Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo muammo bor

«Manchester Yunayted» Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo muammo bor

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yana bir top-klubning nishoniga aylandi.

Fransiyalik futbolchining nomzodi «Manchester Yunayted»da muhokama qilinmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» «qaymoqranglilar» yarim himoyachisini maydon markazini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida belgilab olishgan. Muammo shundaki, Kamavinganing o‘zi «Real»dan ketishdan mutlaqo manfaatdor emas. Muzokaralar faqatgina futbolchi o‘z fikrini o‘zgartirib, klubni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqsagina boshlanishi mumkin.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Eduardo Kamavinganing qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi 43 ta uchrashuvda ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:11, 15.07.2026.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик