«Strasburg» yarim himoyachisi Valentin Barko «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turibdi.
DNA Sports nashri ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi. «Ko‘klar» yarim himoyachining o‘tishi uchun Fransiya klubiga 40 million yevro to‘laydi. Kelishuv Barko ishtirok etayotgan Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Valentin Barko 2025 yilda 10 million yevro evaziga «Brayton»dan «Strasburg»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Fransiya klubi safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Barkoning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













