«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Andrey Santosning «Manchester Yunayted»ga o‘tishiga izoh berdi.
«Santosni «Manchester Yunayted»ga o‘tishiga ruxsat berganimdan afsuslanmasligimga umid qilaman. U men mashg‘ulotlarda ko‘rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri. U bilan yana bir mavsum jamoada qolishi haqida gaplashgandim, ammo u «Manchester Yunayted»da o‘ynashga qaror qilib bo‘lgandi.
Tarkibimdan juda mamnunman, biroq Santosga yangi klubida omad tilashdan boshqa ilojim yo‘q. Biz uning o‘rnini bosa oladigan bir yoki ikkita munosib futbolchini tarkibga qo‘shib olishga harakat qilamiz, toki Chempionlar ligasiga chiqa olmagan bo‘lsa-da, yana o‘sha saviyaga qaytgan «Manchester Yunayted» kabi raqobatbardosh bo‘la olaylik», — dedi Alonso matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni «Manchester Yunayted» Andrey Santosning 56 million yevro evaziga sotib olinganini rasman e’lon qilgandi.













