Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Porro «Real»ga o‘tmoqchi

Porro «Real»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenhem» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pedro Porro «Real»ga o‘tishni xohlamoqda.

Jurnalist Mario Korteganing xabar berishicha, futbolchi shu yoz «qaymoqranglilar» safiga qo‘shilishni juda istagan. Ammo u Madrid klubi uning nomzodini ko‘rib chiqmasligini tushungan. Vaziyat aynan shunday yakun topdi — «Real» Porroni xarid qilishdan manfaatdor emas.

Pedro Porro 2023 yilda 40 million yevro evaziga «Sporting»dan «Tottenhem»ga o‘tgan edi. Uning «shporlar» bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Porroni 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:16, 15.07.2026.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик