Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ishtirok etgan jamoa 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi. Bu orqali yulduz hujumchi jahon chempionatlari tarixidagi eng noyob yutuqlardan birini takrorladi.
2026 yilgi final Messi uchun faoliyatidagi uchinchi jahon chempionati finali (2014, 2022 va 2026) bo‘ladi. Shu tariqa, u tarixda bunday natijaga erishgan oltinchi futbolchiga aylanadi.
Bungacha bu ko‘rsatkichga quyidagi futbolchilar erishgan edi:
-
Kafu (Braziliya) — 1994, 1998, 2002;
-
Pele (Braziliya) — 1958, 1962, 1970;
-
Ronaldo (Braziliya) — 1994, 1998, 2002;
-
Pyer Littbarski (Germaniya) — 1982, 1986, 1990;
-
Lotar Matteus (Germaniya) — 1982, 1986, 1990.
E’tiborlisi, mazkur futbolchilar orasida faqat Kafu uchala finalda ham maydonga tushgan. Agar Messi Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi bahsda ishtirok etsa, u ham ushbu noyob natijani takrorlaydi.
Shuningdek, Pele 1962 yilgi Chilida o‘tgan jahon chempionati finalida jarohati sabab ishtirok etmagan. Ronaldo ilk finalida maydonga tushmagan, Pyer Littbarski 1986 yilgi, Lotar Matteus esa 1982 yilgi finalni o‘tkazib yuborgan.
Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













