Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Manchester Yunayted» Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

«Manchester Yunayted» Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi, klub miqyosida «Roma» sharafini himoya qilayotgan Manu Kone «tumanli Albion»ga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Qizil iblislar» futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash joizki, Konening bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Fransuz futbolchisi va Rim klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

O‘tgan mavsumda Manu 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi ikkita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Kiritildi: 13:12, 16.07.2026.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик