Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCH-2026 yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsda Lionel Messi bilan bo‘lgan suhbat haqida so‘zlab berdi.
Kameralar ikki yulduz futbolchi o‘rtasidagi muloqotni tasvirga olib qoldi. Ekspertlar suhbatni taxminan talqin qilishdi va ingliz futbolchisi argentinaliklar sardori bilan fol (qoidabuzarlik) haqida gaplashganini tasdiqladi.
«Messi bilan suhbatmi? Biz folni muhokama qildik. Bunda yomon hech narsa yo‘q edi. Ishonamanki, bundan katta voqea yasashadi, lekin alohida hech gap yo‘q edi», — deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Argentina uchrashuv yakunida urilgan ikkita gol evaziga Angliya ustidan g‘alaba qozondi (2:1). Finalda «albiseleste» Ispaniya bilan kuch sinashadi, Angliya esa uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.













