Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Komo» «Barselona» futbolchisi bilan kuchayadi

«Komo» «Barselona» futbolchisi bilan kuchayadi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Andres Kuenka Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda taniqli va nufuzli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Yaqin orada 19 yoshli futbolchi Italiyaning «Komo» klubi qarorgohiga yetib boradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, jamoa bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu transfer «Komo»ga 700 ming yevroga tushadi, shuningdek, kataloniyaliklar futbolchining keyingi sotuvidan 20 foiz ulush olish huquqini ham saqlab qolishadi.

Ma’lumot uchun, Andres Kuenka o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Sporting Xixon» klubida o‘tkazib, u yerda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. U «Barselona»ning La Maniya akademiyasida Lamin Yamal va Pau Kubarsilar bilan bir avlod vakili hisoblanadi.

Ortda qolgan Seriya A mavsumida Sesk Fabregas boshchiligidagi «Komo» kutilmaganda 71 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi va o‘z tarixida ilk bor UYEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa tarkibni kuchaytirish ishlarini aynan yosh va iqtidorli futbolchilar bilan boshlamoqda.

Kiritildi: 15:16, 16.07.2026.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик