Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Uoker Angliyaning mag‘lubiyatidan so‘ng Messining o‘yiniga baho berdi

Uoker Angliyaning mag‘lubiyatidan so‘ng Messining o‘yiniga baho berdi

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti» sobiq himoyachisi Kayl Uoker Jahon chempionati — 2026 yarim finali doirasidagi Angliyaga qarshi o‘yinda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ko‘rsatgan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Messi birinchi bo‘limda o‘zini ko‘rsata olmadi, Anderson unga qarshi juda yaxshi o‘ynadi. Biroq uning haqiqiy daho ekanligini unutmaslik lozim. Leo uchrashuv so‘nggida jonlandi va ikkita golni yuzaga keltirdi. Aynan mana shuning uchun ham u men uchun futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchidir», — deya Uokerning so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Argentina Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Messi esa jamoasining har ikkala goliga assistentlik qilib, ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Jahon chempionati finalida argentinaliklar Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi. Hal qiluvchi uchrashuv 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:24, 16.07.2026.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик