Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 turnirida Fransiyaga qarshi kechadigan 3-o‘rin uchun bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Inlizlar yarim finalda argentinaliklarga (1:2), fransuzlar esa ispanlarga (0:2) imkoniyatni boy berishgan edi.
«Biz o‘zimizdan maksimal natijani talab qilamiz — kurashga chog‘langan insonlarning tabiati shunday. Bu esa bo‘lajak o‘yinga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi. Bizning futbolchilarimizdan hech biri, xuddi fransuzlar kabi, bu o‘yinda maydonga tushishni istamayapti. Ular finalda o‘ynashni xohlashadi.
Biz finalga chiqish uchun bor kuchimizni berdik. Hamma jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun o‘ynaydi, ammo vaziyat shunday tus oldi. Ha, bizda Fransiyaga qaraganda tiklanish uchun bir kun kamroq vaqt bor, lekin biz, shubhasiz, bunga professional darajada yondashamiz», — dedi Tuxel matbuot anjumanida.













