Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Tottenxem» «Nottingem Forest»ning ilk taklifini rad etdi

«Tottenxem» «Nottingem Forest»ning ilk taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachi Lukas Bergvall transferi borasida «Nottingem Forest»dan tushgan birinchi taklifni rad etdi. Shu bilan birga, «o‘rmonchilar»ning qiziqishi saqlanib qolmoqda va tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etadi, deya xabar bermoqda The Athletic.

20 yoshli shvesiyalik futbolchi «shporlar»ga shu yozda jamoani tark etish istagida ekanini ma’lum qilgan. «Forest» uni «Manchester Siti»ga o‘tish arafasida turgan Elliot Anderson o‘rniga asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda.

Bergvall 2024 yilda «Yurgorden»dan «Tottenxem»ga o‘tgan va debyut mavsumida jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan, shuningdek, klubga Yevropa ligasida g‘olib chiqishga yordam bergandi. Murabbiy Roberto de Dzerbi kelganidan so‘ng, futbolchi asosiy tarkibda kamroq maydonga tusha boshladi.

Yarim himoyachiga boshqa Yevropa klublari, jumladan, «Aston Villa» va «Chelsi» ham qiziqish bildirgan. Bergvall Shvesiya terma jamoasi safida JCH-2026 da to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 17:01, 16.07.2026.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик