Angliyaning «Aston Villa» va «Brayton» klublari «Sevilya» yarim himoyachisi Ruben Vargasni faol kuzatishda davom etmoqda. Ispaniya klubi 27 yoshli shvesiyalik futbolchining transferi bo‘yicha taxminan 20 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor va uning ehtimoliy ketishiga hozirlik ko‘rmoqda, deya xabar beradi ABC de Sevilla nashri.
«Sevilya» rahbariyati Vargasning JCH-2026 dagi muvaffaqiyatli ishtiroki uning bozor qiymatini sezilarli darajada oshirganiga ishonadi. Vargas «Sevilya» safida 2025 yilning yanvaridan buyon to‘p suradi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan 2025/2026 yilgi mavsumda Vargas barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.













