Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Abduqodir Husanov Belarus futbol federasiyasi bilan uchrashdi

Abduqodir Husanov Belarus futbol federasiyasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” markaziy himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Belarus futbol federasiyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv 15-iyul kuni federasiyaning Minskdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Ma’lumki, Husanovning professional faoliyatida Belarus futboli alohida o‘rin tutadi. Futbolchi aynan poytaxtning “Energetik-BGU” klubida o‘zini ko‘rsatib, keyinchalik Fransiyaning “Lans” jamoasiga o‘tgan. Ushbu klubdagi yorqin o‘yinlaridan keyin Abduqodir Angliyaning “Manchester Siti” klubi e’tiboriga tushdi va 2025-yilning yanvar oyida ingliz jamoasi safiga qo‘shilgan.

Husanov faoliyatidagi dastlabki yillar haqida gapirar ekan, “Energetik-BGU”dagi mashaqqatli kunlarini esladi:

“Barchasini juda yaxshi eslayman. Anatoliy Ivanovich Yurevichga rahmat aytaman, aynan u tufayli "Lans"ga o‘ta olganman. Belarus chempionati menga juda ko‘p narsa berdi. Eng ko‘p nima esimda qolgan? Ivanovichning meni rosa koyishlari (kuladi). Bir safar mashg‘ulotda jarohat olganimda, og‘riqqa qaramay mashg‘ulotni davom ettirishimni talab qilgan. O‘shanda yosh edim, og‘riqni sabr bilan yengishga to‘g‘ri kelgan”, deydi futbolchi.

Murabbiy Anatoliy Yurevich esa o‘z shogirdining muvaffaqiyatini shunday izohlaydi:

“Husanovda ikki narsa yuqori darajada — xarakter va o‘rganishga bo‘lgan qobiliyat. Bizning ko‘plab yoshlarimizda iste’dod yetarli, ammo ularda ishchanlik va motivasiya yetishmaydi. Husanov esa o‘z ustida tinimsiz ishlaydi. Murabbiy ishni to‘g‘ri taklif qilishi, futbolchi esa uni ongli ravishda bajarishi kerak. Mana shu uyg‘unlikdan haqiqiy futbolchi paydo bo‘ladi”.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov O‘zbekiston terma jamoasi bilan 2026-yilgi Jahon chempionatida debyut qildi. Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruhdagi barcha o‘yinda mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:15, 16.07.2026.
O'qildi: 507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик