Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis o‘z faoliyati boshidan buyon milliy terma jamoa safida ketma-ket 49 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. Bu natijaga Ispaniyaning JCH-2026 yarim finalida Fransiya ustidan qozongan g‘alabasidan (2:0) so‘ng erishildi, ushbu bahsda yarim himoyachi ham ishtirok etdi.
Opta statistik portali xabariga ko‘ra, Ruis afsonaviy braziliyalik futbolchi Garrinchaning natijasini takrorladi. Garrincha 1955 yildan 1966 yilgacha bo‘lgan davrda 50 ta o‘yindan 49 tasida mag‘lubiyatga uchramagan edi. Ispaniya terma jamoasi safida ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha mutlaq rekord Fabianning hamyurti Karlos Marchenega tegishli — u 2003–2010 yillar oralig‘ida 57 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.
Jahon chempionati finalida Ispaniya Argentina bilan to‘qnash keladi. O‘yin 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da bo‘lib o‘tadi.













