Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Karim Adeyemi «Barselona»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Karim Adeyemi «Barselona»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+2 | -

Germaniyalik hujumchi Karim Adeyemi «Barselona»ga o‘tishni yakunlash arafasida. Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi, Kataloniya klubi va Dortmundning «Borussiya»si esa bitimning so‘nggi tafsilotlarini kelishib oldi.

Adeyemi kecha kechqurun Barselonaga yetib keldi va bugun ertalab shahar klinikalaridan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Dastlab shartnomadagi ayrim jihatlar tufayli transferni rasmiylashtirish juma kunigacha cho‘zilishi mumkin edi, biroq klublar kelishmovchiliklarni tezda bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, «Barselona» futbolchi uchun taxminan 34 million yevro to‘laydi, shundan 26 millioni kafolatlangan to‘lovlar, yana 8 millioni esa bonuslar sifatida nazarda tutilgan.

Adeyemi Entoni Gordondan keyin «Barselona»ning joriy yozdagi ikkinchi yangi futbolchisiga aylanadi. Futbolchining rasmiy taqdimoti keyingi haftaga rejalashtirilgan, transfer haqidagi rasmiy e’lon esa yaqin soatlar ichida kutilmoqda.

Kiritildi: 18:48, 16.07.2026.
O'qildi: 2009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик