Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Aston Villa» «Milan» himoyachisi bilan kelishib oldi

«Aston Villa» «Milan» himoyachisi bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» «Milan» himoyachisi Pervis Estupinyan bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar bermoqda taniqli insayder Nikolo Skira.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli ekvadorlik himoyachi va ingliz klubi o‘rtasida 2031 yilga qadar mo‘ljallangan bitim bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishilgan. Ayni paytda «Aston Villa» rahbariyati transferni rasmiylashtirish uchun «Milan» bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Estupinyan 2025/2026 yilgi mavsumda Italiya chempionati va mamlakat kubogi doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u JCH-2026 musobaqasida o‘z milliy terma jamoasi safida ikkita uchrashuvda harakat qildi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:52, 17.07.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик