Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

MLS klublarining sobiq o‘yinchisi: «Tuxel butun dunyo ko‘z o‘ngida sharmanda bo‘ldi»

MLS klublarining sobiq o‘yinchisi: «Tuxel butun dunyo ko‘z o‘ngida sharmanda bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘z qobiliyatini namoyish eta olmadi. Bu haqda AQSH klublarida to‘p surgan sobiq futbolchi Maykl Lau ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, nemis mutaxassisi qo‘l ostidagi jamoa o‘yini Garet Sautgeyt davridan buyon deyarli o‘zgarmagan.

«Tuxel eng katta futbol sahnasida — Jahon chempionatida butun dunyo ko‘z o‘ngida sharmanda bo‘ldi, chunki hal qiluvchi damlarda jamoa sarosimaga tushib qoldi», — deya Launing so‘zlarini keltiradi CBS Sports.

Ekspertning fikricha, Tuxel kubok turnirlarida zafar quchish qobiliyati bilan tanilgan bo‘lsa-da, buni amalda ko‘rsata olmadi. Lau inglizlarning JCH-2026dagi o‘yinini sakkiz yil avval Rossiyada o‘tgan mundial bilan taqqoslab, ular o‘rtasida deyarli farq yo‘qligini ta’kidladi.

Kiritildi: 08:00, 17.07.2026.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик